Ostonov Akmal Anvarovich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Qorovulbozor tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Oʻtkir Shomahmadovich Hamroyev 1976-yilda Peshku tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Buxoro davlat universitetini, 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi — iqtisodiyot va davlat boshqaruvi.
Mehnat faoliyatini hisobchilikdan boshlab, Peshku tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi, viloyat raqobat boshqarmasi va davlat aktivlarini boshqarish agentliging viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan.
U 2021-yildan beri viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot -tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.