Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov 2021-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022-yil uchun belgilangan ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida buxoro viloyati aholisiga murojaat qildi.
Murojaatda shaharda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish (tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va issiqlik taʼminotini yaxshilash) borasida amalga oshirilgan loyihalar, jalb qilingan investitsiyalar, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi, yaratilgan ish oʻrinlari, foydalanishga topshirilgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarining, jumladan, byudjet daromadlarining oshishiga qoʻshgan hissasi va natijadorligi haqida maʼlumot berildi.
Shundan soʻng viloyat hokimi 2022-226-yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oldimizda turgan muhim vazifalar va 2022-yildagi rejalar haqida toʻxtalib oʻtdi
— Birinchi navbatda, iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlashimiz kerak, — deydi viloyat hokimi Botir Zaripov. — Chunonchi, kelgusi 5 yillikda yalpi hududiy mahsulot hajmini 73,5 trln.soʻmga (1,5 barobar), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 40,8trln soʻmga (1,5 barobar), qurilish pudrat ishlari hajmini 13,8 trln soʻmga (1,5 barobar), qishloq xoʻjaligi hajmini 52,1trln.soʻmga (1,2 barobar) hamda xizmat koʻrsatish hajmini 57,1trln soʻmga (2,7 barobar) yetkazish borasida amaliy saʼy-harakatlarni olib borishimiz zarur.
Bu orqali 2026-yilga borib aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 35,1 mln.soʻm (1,3 barobar), qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 24,9 mln.soʻm (1,1 barobar), sanoat 19,5 mln.soʻm (1,4 barobar) hamda xizmat koʻrsatish 27,3 mln.soʻmga (2,5 barovar) yetishi taʼminlanadi.
Shuningdek, hisob-kitoblarga koʻra, kelgusi besh yilda mahalliy byudjet daromadlari 2,9 trln.soʻmdan 4,7 trln.soʻmga yetadi yoki 1,6 barobarga oʻsishga erishiladi.
Umumiy daromadlar esa 19,1trln.soʻmni, mahalliy byudjet daromadlari 15,1 trln.soʻmni, mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoladigan daromadlar 3,0 trln.soʻmni tashkil etadi.
Shu bilan birga, viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali aholi daromadlarini oshirish, yoshlar, ayniqsa xotin qizlarimizni tadbirkorlikka keng jalb qilish, biznes yuritishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida izchil va samarali islohotlar olib borilishi natijasida 2022-2026-yillar davomida hududlarda 33 ming 126ta yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Aholi daromadlarini oshirish, shu orqali kambagʻallik va ishsizlikniqisqartirish maqsadida 2022-2026-yillar davomida
280 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan.
Viloyatda ushbu davrda 8 mlrd. dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. Hududni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 95,4 trln. soʻmga teng boʻlgan
5 mingta loyiha ishga tushiriladi.
Viloyatda 2022-2026-yillar davomida qiymati 5 870,0 mln. dollarga teng toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etiladi va oʻzlashtiriladi.
Istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish sifati va samaradorligini oshirish orqali xorijiy investitsiyalarni kiritish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi ekspertlarini jalb qilish va 2022-2026-yillar davomida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini 6,1 barobarga oshirish va 1 002,0 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalari mavjud emasligi, sanoatni, kichik va oʻrta korxonalarda barqaror ishlab chiqarishni taʼminlash, aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun, barqaror elektr ishlab chiqarish quvvatlari kerakligi sababli, viloyatda 1,7 mlrd. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisobidan, 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalarini barpo etiladi.
Viloyatda qurilish materiallarini rivojlantirish maqsadida Qorovulbozor va Peshku tumanlarida qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish orqali umumiy qiymati 10 trln. soʻm boʻlgan 282 ta loyiha amalga oshiriladi.
Charm sanoatida terini qayta ishlash qamrovi 70foizga yetkazilishi koʻzga tutilgan.
2022-2026-yillarda ijtimoiy soha obyektlari boʻlgan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash tashkilotlarini qurish va taʼmirlash hamda isteʼmolchilarning elektr energiyasi, markazlashtirilgan ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, avtomobil yoʻllari ravonligini oshirish maqsadida jami 15,9 trln. soʻm mablagʻlar oʻzlashtiriladi.