Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:
- Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;
- Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;
- Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;
Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;
Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;
Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) toʻlanadi.
Ayol oʻqituvchilar uchun:
Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;
Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.
Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.