Shundan soʻng ijrochidan tovon puli va maʼnaviy zarar undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritdi.
Sudning soʻrovi asosida Adliya vazirliging masʼul xodimlari ushbu sud majlisida mutaxassis sifatida ishtirok etib, holatga huquqiy baho berdi, deya xabar berdi Intellektual mulk departamenti.
Sud majlisi davomida aniqlanishicha ijrochi F.Karimova “Dastingdan” nomli qoʻshigʻini ijro etishda hamda barchaning eʼtiboriga yetkazishda shoira M.Ahrorovaning “Dod degim kelyapti dastingdan” nomli sheʼriga boʻlgan mualliflik huquqlarini buzgan.
Sudning tegishli qaroriga muvofiq, shoira M.Ahrorova foydasiga ijrochi F.Karimovadan BHMning 100 barobari yaʼni 37.500.000 soʻm miqdorida tovon puli hamda 5.000.000 soʻm maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.