Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va respublika ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati havfsizligi bosh boshqarmasi hamkorligidagi tadbirlar rejasiga koʻra, har xaftaning payshanba kunlari “Oʻzagroinspeksiya”ning hududiy boshqarma va tumanlar boʻlimlari tomonidan qoʻshma reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shu maqsadda inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan joriy yilning noyabr oyining oʻtgan davri davomida ichki ishlar boshqarmasi YHXB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan qoʻshma reyd tadbirlari natijasida 56 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan taʼsirchan choralar qoʻllanildi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida oʻtkazilgan qoʻshma reyd tadbirlarida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish yuzasidan 307 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, huquqbazarlarga nisbatan chora koʻrildi.

—  Bundan tashqari, joriy yilning 11-noyabr kuni oʻtkazilgan qoʻshma reyd davomida viloyat miqyosida 33 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, — deydi “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi inspektori Sanjar Qurbonov. — Xususan, Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan Samarqand tumani xududida nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Tadbir davomida fuqaro S.D. boshqarib kelayotgan “ZL30B-3” rusumli frontal yuklagich oʻrganilganda, ushbu texnika tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelinayotganligi aniqlandi. Fuqaro I.B. boshqarib kelayotgan “MTZ-80” rusumli traktor oʻrganilganda, ushbu traktorga ulangan tirkama tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelinayotganligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi singari huquqbuzarlik holatlari asosida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanildi.

“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat

boshqarmasi matbuot xizmati.