Samarqand tumani hududida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Paxtachi tumanida yashovchi, 1981-y.t. E.M. ga tegishli 7 kg. 230 gr. “gashish” va 1 kg. 289 gr. “metamfetamin” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi maʼlum boʻldi.
Urgut tumanida kuzatilgan holatda esa, muqaddam sudlangan fuqarolar, 1986-y.t. F.X. va 1999-y.t. Sh.A.lar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 921 gr. “opiy” moddasini xaridorga 12 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan shahrida yashovchi, 1995-y.t. Sh.Yu. va A.Yu. hamda 1994-y.t. Sh.Q.lar muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan Chust tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 3 kg. 50 gr. “gashish” moddasini olgan vaqtlarida ushlandi.
Boshqa holatda esa “Namangan-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina Norin tumani hududida toʻxtatilib tekshirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Asaka tumanida yashovchi, 1989-y.t., muqaddam sudlangan F.X.ga tegishli 1 kg. 911 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu ajal ogʻusi muqaddam Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumaniga olib kelinganligi maʼlum boʻldi.
Surxondaryo viloyatida qayd etilgan holatda Denov tumanida yashovchi, 1990-y.t., muqaddam sudlangan B.B. Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 2 kg. 16 gr. “opiy” moddasini 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.