баннер
17 Mar 2025
03:04

    Qoʻshni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg narkotik moddalar savdosiga chek qoʻyildi

    Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

    Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqaro va uning Termiz shahrida istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi 3 kg 849 gr “opiy” moddasini Samarqand viloyatiga sotish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi muqaddam tojikistonlik narkokurer tomonidan Denov tumani hududiga kontrabanda yoʻli bilan yetkazib berilgan.

    Namangan viloyatining Pop tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan, Chust tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, uning salon qismiga yashirib qoʻyilgan 2 kg 436 gr “gashish” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

    Maʼlum boʻlishicha, u muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yoʻllar orqali Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu giyohvandlik vositasini olib, qaytayotgan boʻlgan.

    Boshqa holatda esa “Namangan-Andijon” yoʻnalishida harakatlangan “Kobalt” rusumli avtomashina Andijon shahrida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan – Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxsga tegishli 1 kg 702 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan Namangan viloyatiga olib kelgan ushbu narkotik moddani Andijon shahrida sotishni rejalashtirganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech