Hodisa bugun soat 6:30lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.
Portlash oqibatida R.S., M.S. hamda ularning farzandlari F.X. va D.X. voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan tuman gaz taʼminoti boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumlarning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz.