Avvaldan ham bu hududdan matematika sohasi bilimdonlari ko‘p chiqqan. Ular orasida aniq va tabiiy fanlar sohasida 2 nafar akademik, 12 nafar professor va fan doktorlari, 40 dan ziyod fizika-matematika fanlari nomzodlari bor.
Respublikamizning turli oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan qo'shrabotlik matematik olimlar va tumandagi mohir matematika fani o'qituvchilari hamkorligida ixtisoslashgan maktabga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ular mahorat darslari o‘tib, dasturchilar, amaliy matematika va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadi.