Zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada 90 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi.

Korxona rahbari Ilhom Akbarovning aytishicha, bu yerda mahsulotlarni ichki va tashqi bozor talablari asosida ishlab chiqarish amaliyoti joriy qilingan. Ayniqsa, futbolka, koʻylak va sviterlar yuqori sifati bilan buyurtmachilarga manzur boʻlmoqda. Hozirda korxona mahsulotlari Rossiyaga eksport qilinmoqda.