“Ichak xastaliklari bilan bogʻliq holatlarda qovun isteʼmol qilmagan maʼqul, chunki mazkur poliz mahsuloti mavjud muammoni yana-da kuchaytirishi mumkin”, deydi u.
Mutaxassisning aytishicha, qovun koʻp kaloriyali boʻlmasa ham, hazmi qiyin mahsulot hisoblanadi.
Shuningdek, Olga Korableva qovun bilan tarvuzni solishtirib, ularning qaysi biri koʻproq kaloriyaga ega ekanini haqida ham maʼlumot berdi. Ekspertning fikricha, qovunning 100 grammida 35 kilokaloriya mavjud boʻlsa, oʻshancha tarvuzda 25 kilokaloriya mavjud.
Diyetologning aytishicha, qovunda koʻproq ozuqa tolalari — kletchatka mavjudligi bois, tarvuzga qaraganda toʻyimliroq sanaladi. Shu bilan birga, qovun organizmni tozalab, xolesterinni meʼyorlashtiradi. Shuningdek, qovunda tarvuzga qaraganda S vitamini koʻproq.