“Zarhal” nomi berilgan ushbu duragay faqat issiqxonada yetishtiriladi.
O‘ta erta pishar
“Zarhal” ni xuddi shunday toifaga kiritish mumkin. U 72-78 kun davomida o‘sadi. Uning palagi baquvvat, sershox. Bargi esa, keng, qalin, to‘q yashil rangli, qirqimlidir.
Hosili
Sharsimon, o‘rtacha kattalikda bo‘lib, og‘irligi atigi 0,8-1,5 kilogramm keladi. Yuzasi esa tekis, sariq rangda. Ustida yashil rangli chiziqlar tortilgan. Ichki qismi oqish, xo‘shbo‘y hidli.
Kasalliklarga chidamli
“Zarhal”ning tarkibidagi quruq modda miqdori 13,5-14,5 foizni tashkil etsa, qand miqdori 12-13 foizdangina iborat.
Hosildorligi 8-8,5 kg/m2 ga teng bo‘lgan ushbu qovun navi un shudring va fuzarios so‘lish kasalligiga chidamlidir.