Qoʻylar haqida 10 ta qiziq fakt

    Bilasizmi? 15 May 2023 4988

    Eng koʻp tarqalgan uy hayvoni – qoʻylar haqida biz bilmagan maʼlumotlar ham bormi?

    Bor ekan:

    - Qoʻy – koʻz qorachigʻi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlgan sanoqli mavjudotlardan biri.

    - Qanchalik gʻalati koʻrinmasin, tajribalar qoʻylar ajoyib xotiraga ega ekanligini koʻrsatdi.

    - Qoʻylarda eshitish qobiliyati juda yaxshi, shu sababli ular keskin tovushdan qoʻrqadi.

    - Qoʻylar uzoq vaqt yolgʻiz yashay olmaydi. Podadan ayri qolsa, ular vahimaga tushadi va vaqt oʻtgan sari bu vahima kuchayaveradi.

    - Dunyoda jami olti yuzta atrofida qoʻy zoti mavjud.

    - Hozirga qadar olimlar qoʻy junining sifati va issiqlikni saqlash xususiyati aslidan qolishmaydigan sintetik analogini yarata olishmagan.

    - Ochiq joyga chiqib qolgan qoʻy podasi choʻchib, toʻplanib oladi. Toʻsiq yoki devor mavjudligi esa, ularni tinchlantiradi.

    - Katta yoshli qoʻydan bir martada 10 kg.gacha jun olish mumkin.

    - Eng uzoq umr koʻruvchi qoʻylar – qor qoʻylari, ular 22-24 yilgacha yashashi mumkin.

    - Eng qimmat zotli qoʻyning bir donasi million dollardan qimmatroq turadi.

    Maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan.