Bor ekan:

- Qoʻy – koʻz qorachigʻi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlgan sanoqli mavjudotlardan biri.

- Qanchalik gʻalati koʻrinmasin, tajribalar qoʻylar ajoyib xotiraga ega ekanligini koʻrsatdi.

- Qoʻylarda eshitish qobiliyati juda yaxshi, shu sababli ular keskin tovushdan qoʻrqadi.

- Qoʻylar uzoq vaqt yolgʻiz yashay olmaydi. Podadan ayri qolsa, ular vahimaga tushadi va vaqt oʻtgan sari bu vahima kuchayaveradi.

- Dunyoda jami olti yuzta atrofida qoʻy zoti mavjud.

- Hozirga qadar olimlar qoʻy junining sifati va issiqlikni saqlash xususiyati aslidan qolishmaydigan sintetik analogini yarata olishmagan.

- Ochiq joyga chiqib qolgan qoʻy podasi choʻchib, toʻplanib oladi. Toʻsiq yoki devor mavjudligi esa, ularni tinchlantiradi.

- Katta yoshli qoʻydan bir martada 10 kg.gacha jun olish mumkin.

- Eng uzoq umr koʻruvchi qoʻylar – qor qoʻylari, ular 22-24 yilgacha yashashi mumkin.

- Eng qimmat zotli qoʻyning bir donasi million dollardan qimmatroq turadi.

Maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan.