Tadqiqotda yuqori aniqlikka ega elektron mikroskopdan foydalanildi, bu qo'ziqorin ekstrakti tarkibiy qismlari yangi neyron aloqalarni shakllantirish uchun miya hujayralarini qanday rag'batlantirganini aniqlash imkonini berdi. Ushbu kashfiyot mazkur qo'ziqorin tarkibidagi faol moddalarni Alsgeymer kasalligi kabi neyrodegenerativ kasalliklarning oldini olish va hatto davolashda qo'llash imkonini beradi.

Frederik Menyening hamkasbi doktor De Xi Li immunitetni mustahkamlash va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun Xitoy xalq tabobatida Hericium erinaceusning shifobaxsh xususiyatlaridan asrlar davomida keng foydalanib kelinayotganini ta'kidladi, deb xabar beradi techcult.ru.