"Biz fevral oyining birinchi yarmida 20 ming tonna neftning birinchi partiyasini yetkazib berishni rejalashtirganmiz", dedi vazir.

Neft Germaniyaga "Drujba" quvuri orqali yuboriladi. 2023-yilda Qozog'istondan Germaniyaga 1,5 million tonnagacha neft eksport qilish rejalashtirilgan, eng katta yetkazib berish hajmi esa 6 million tonnani tashkil etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniyaga eksport qilinadigan neft "Qorachaganak" konidan olinadi. Avvalroq Qozog'istondan "Drujba" orqali Germaniyaga neft tranziti "Transneft" tomonidan amalga oshirilishi xabar qilingandi.

Rossiya energetika vazirligi 2023-yilning birinchi choragida 300 ming tonna qozoq neftining Germaniyaga tranzitiga ruxsat berdi, deb xabar beradi rambler.ru.