Qozog'iston hukumati fan olimpiadasi g'oliblariga 4 million tengegacha mukofot bermoqchi

    Bu haqda Qozog'iston ta'lim va fan vaziri Asxat Aymag'ambetov ma'lum qilgan.

    — Tegishli hujjatga Prezident imzo chekishi kerak. Imzolansa, darhol amalga oshiriladi. Joriy yilda xalqaro musobaqalar va olimpiada g'oliblari ushbu imkoniyatga ega bo'ladi. Bir martalik mukofotlar hajmi 4 million tengegacha etadi, bundan tashqari ularning ustozlari rag'batlantiriladi va bu bolalarga maxsus grantlar ajratish masalasi ko'rib chiqiladi, — degan A.Aymag'ambetov Senatda jurnalistlar bilan suhbatda.

    Vazirning so'zlariga ko'ra, nafaqat olimpiada ishtirokchilari, balki turli ijodiy va jahon tanlovlari g'oliblariga ham grantlar ajratish masalasi ko'rib chiqilmoqda.