Qozogʻiston orqali avtomobil tashuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi

    Transport vazirligi Qozogʻiston orqali avtomobil tashuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 18-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda Qozogʻiston Respublikasi Transport vazirligi va bojxona organi vakillari oʻrtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv oʻtkazildi.

    Tomonlar uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasida tashuvlarda yuzaga kelayotgan har bir holat alohida muhokama qilgan.

    Yakunda tegishli soha vakillaridan iborat tezkor shtab tuzilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelishib oldi.