Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, tashrif kun tartibidan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari oʻrin olgan.
Qozogʻiston parlamenti yuqori palatasi rahbari, shuningdek, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qoʻyadi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirgʻochbiy” maqbarasi, “Texnopark”ka tashrif buyuradi, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.