Suhbat avvalida R.Djurayev qozogʻistonlik hamkasbini lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, xizmat faoliyatiga farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Muzokaralar chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning holati yuzasidan fikr almashildi va yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar xizmat koʻrsatish, jangovar va maxsus faoliyatning barcha sohalarida idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga va mustahkamlashga kelishib olishdi.