Tomonlar shu yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik xususida fikr almashdilar.

Qayd etilganidek, saylov prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan saylovchilarning tanishishi uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlash maqsadida ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilgan.

Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi M.Ashimbayevning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning uchinchi qo‘shma majlisini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning birinchi majlisi bayonnomasi imzolandi.