“Biz veyplardan foydalanishning oqibatlarini to'liq tushunmayapmiz. Farzandlarimizning undan foydalanishi, bu milliy xavfsizlik bilan bog'liq masaladir. Shu bois, biz bundan buyon veyplarni butunlay taqiqlab, uning aylanishining oldini olish uchun barcha choralarni ko'ramiz”, — dedi Qozog'iston moliya vaziri Yerulan Jamaubayev.
Moliya vazirligi rahbarining so'zlariga ko'ra, kashandalik o'tgan yillar davomida milliy muammoga aylangan. JSST ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda o'smirlari o'rtasida elektron sigaretadan foydalanish to'rt yil ichida uch barobarga oshgan. 15 yoshgacha bo'lgan qozog'istonliklarning deyarli to'rtdan bir qismi hech bo'lmaganda bir marta veypni sinab ko'rganini tan oldi.
Hozirda 25 ta davlatda elektron sigaretlarni butunlay taqiqlash amal qiladi. Ular orasida Singapur, Tailand, Meksika, Hindiston, Urugvay, Eron va boshqa qator davlatlar bor, deb xabar beradi mir24.tv.