Bu haqda lada.kz xabar bermoqda.
“Jac chegaradan o'tish uchun yo'l chetida navbatda turgan MAN yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Avtomobilda jami 10 kishi bo'lgan. Ulardan to'rt nafari Beyneu markaziy tuman shifoxonasiga yotqizildi”, deyiladi xabarda.
Mang'istau viloyati IIB va sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyadan O'zbekistonga ketayotgan yengil avtomobilda o'n kishi bo'lgan.
To'rt nafar jabrlanuvchining ahvoli o'rtacha og'ir deb baholanmoqda, deb xabar beradi kaztag.info.