Bu haqda Kazinform xabarida aytilishicha, Qozog'iston Ichki ishlar vazirligi kriminal politsiya departamentining Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash markazi rahbari vazifasini bajaruvchi R.Duysetayev shunday degan:
“Hozirda fuqarolarning pulini o'zlashtirish jinoyatning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish mamlakatimizda va butun dunyoda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Prezident o'tgan yili Qozog'iston xalqiga murojaatida firibgarlikka qarshi aniq choralar ko'rish zarurligini ta'kidlagan edi”.
Shuningdek, Duysetayevning ma'lum qilishicha, vazirlik tomonidan internetdagi firibgarlikka qarshi kurashish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda. Kiberhujumlarga qarshi dastur o'tgan yildan boshlab ishga tushirilgan. Hududlarda maxsus tezkor-tergov guruhlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, har chorakda profilaktika tadbirlari tashkil etilmoqda.