Qozogʻistonda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining navbatdagi Forumi boʻlib oʻtyapti

    Xavfsizlik 21 Iyul 2022 1544

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari respublikaning davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning 19-21-iyul kunlari Nur-Sulton shahrida (Qozogʻiston) oʻtkazilayotgan Yevroosiyo guruhining Forumida ishtirok etyapti.

    Forum Yevroosiyo guruhi mintaqasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid jinoyatlarni aniqlash, ushbu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilish va sud tartibida koʻrib chiqishning samaradorligiga bagʻishlangan.

    Ushbu Forumda Belarus, Italiya, Hindiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasining sud, prokuratura va moliyaviy razvedka boʻlinmalari vakillari, shuningdek BMTning narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi, YEXHT, OTB, MDHning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Moliyaviy monitoringning xalqaro oʻquv-uslubiy markazi va AQSH elchixonasining delegatlari taklif etilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.