FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi 06.02.2023-yil, Toshkent vaqti bilan 18:02 da (06.02.2023-yil, Grinvich boʻyicha 13:02 da) Qozogʻistonda zilzila sodir boʻlgani haqida xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 42,74 gradus shimoliy kenglik; 69,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 165 km shimoliy-gʻarbda.

Toshkentda ham taxminan 18:00 atrofida kuchli boʻlmagan zilzila holati sezildi.

Turkiyadagi zilzila oqibatida qurbonlar soni hozirda 1 300 dan oshgani aytilmoqda.