Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986-y.t. M.M. va 1997-y.t. X.X.lar Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi A.K. bilan oʻzaro til biriktirib, qoʻshni davlatdan mamlakatimiz hududiga noqonuniy yoʻllar bilan AI-92 markali benzin yonilgʻisini oʻtkazish va sotish bilan shugʻullanganliklari aniqlandi.
Ular ushbu noqonuniy ishni Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyatining Sariyogʻoch tumani hududidan Toshkent viloyatining Qibray tumani hududiga yer ostidan oʻtkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali amalga oshirishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi A.Kga nisbatan chora koʻrish boʻyicha qoʻshni davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xabardor qilindi.