Soğliqni saqlaş vazirligining maʼlum qilişiça, joriy yil 1-noyabr kuni Toşkent şahridagi mehmonxonada nonuştaga yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan 20 nafar bola va ularning yaqinlaridan 13 nafarida şu kunning özida qayt qiliş, iç ketişi, qorin oğriği va tana harorati kötarilişi kabi belgilar kuzatilgan.
Ular tez tibbiy yordam xizmati orqali Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan. U yerda dastlabki tibbiy yordam körsatilgaç, bemorlar 5-sonli şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga ötkazilgan.
2–3-noyabr kunlari yana yetti nafar kişi ham şunday belgilar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Tekşiruvlar natijasida şifoxonaga keltirilgan jami 20 nafar bola va ularning yaqinlariga «ötkir diareya» dastlabki taşxisi qöyilgan. Barça bemorlarga belgilangan standartlar asosida davolaş muolajalari olib borilgan.
Hozirda ikki nafar bemorga uyiga javob berilgan. Qolgan 18 nafar bemorning ahvoli barqaror va qoniqarli. Reanimatsiya bölimida davolanayotgan bemorlar yöq. Ular yuqori malakali şifokorlar kuzatuvida bölib, davolaniş uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi maʼlumotiga köra, bemorlar isteʼmol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlari davom ettirilmoqda. Tekşiruv natijalari böyiça qöşimça maʼlumot berilişi bildirilgan.