Angren shahrida Qozog'istonning “Astana diplomatik klubi” OO delegatsiyasi ishbilarmon doira vakillari hamda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi, viloyat Turizm Departamenti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - Toshkent viloyati hududida Qozog'iston va O'zbekiston davlatlari o'rtasidagi o'zaro hurmat, do'stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, savdo iqtisodiy sohalarda samarali hamkorlik aloqalarini olib borishdan iborat.
Tadbir doirasida Qozog'istonning etakchi investorlari va blogerlari Angren erkin iqtisodiy zonasi loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Lux Granit” sanoat korxonasida bo'ldilar va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati