Angren  shahrida  Qozog'istonning  “Astana diplomatik klubi”  OO delegatsiyasi ishbilarmon doira  vakillari hamda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi,  viloyat Turizm Departamenti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv  bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad  - Toshkent viloyati hududida Qozog'iston va O'zbekiston  davlatlari o'rtasidagi o'zaro hurmat,  do'stlik  va qardoshlik  rishtalarini yanada mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, savdo iqtisodiy sohalarda samarali hamkorlik aloqalarini olib borishdan iborat.
Tadbir doirasida  Qozog'istonning etakchi investorlari va blogerlari Angren erkin iqtisodiy zonasi loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan  “Lux Granit”  sanoat korxonasida bo'ldilar va uning  faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.    

              Angren shahar hokimligi Axborot xizmati