Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, shu yilning 2-yanvar kuni bola Zerenda qishlogʻidan qorindagi kuchli ogʻriqlar va takroriy qusish shikoyatlari bilan bolalar shifoxonasiga olib kelingan.
Bola Rentgen tekshiruvidan oʻtkazilganda uning ichaklarida koʻplab begona jismlar borligi aniqlandi.
Besh soat davom etgan operatsiyadan soʻng bolaning ichaklaridagi 39 ta magnit shari olib tashlandi.