Viloyat Rossiya va O'zbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini etkazib berishga oid muzokaralar o'tkazmoqda.

Qozog'istonning Jambil viloyatida sun'iy nafas oldirish apparati etishmaydi. Viloyat hokimi Berdibek Saparbaev Rossiya va O'zbekiston bilan ushbu tibbiyot uskunalarini etkazib berishga oid muzokaralar o'tkazilayotganini ma'lum qildi.

“Viloyatda 148 dona sun'iy nafas oldirish apparati bor. Bu etarli emas. Hozir biz Rossiya, O'zbekiston bilan ishlamoqdamiz. YAqin kunlarda yana 50 dona shunaqa apparatlarni olishimiz rejalashtirilmoqda”, - dedi Saparbaev. Uning so'zlaridan Sputnik Qozog'iston nashri iqtibos keltirgan.

Qozog'istonning Jambil viloyatida koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon 1866 ta kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 598 nafari tuzalib ketgan. Uch kishi virus qurboniga aylangan.