Nishabdan tuproq shu qadar kuch bilan oʻpirilib tushdiki, beton tayanch devori uni toʻxtata olmadi.
Loy oqimi xususiy inshootlar tomon harakatlandi. Uylardan birida u derazaga shikast yetkazgan va natijada tuproq bino ichiga kirib qolgan.
Koʻchki oqibatida boshqa uyning devorlarida yoriqlar paydo boʻla boshladi. Aholi jabrlanmagan, ular hozirda qoʻshnilari va qarindoshlari uylarida qoʻnim topishgan.
Mutaxassislarning fikricha, tushgan tuproq hajmi 360 kub metrni tashkil etgan. Kuchli yogʻingarchilik tufayli tuproqning namlanishi favqulodda vaziyatning dastlabki sababi sifatida aytildi, deyiladi mir24.tv saytida.








