Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilishicha, bugungi kunga qadar Kostanay viloyatining 260 ming gektar hududida (rejalashtirilgan maydonning 70 foizi) zararli chigirtkalarga qarshi ishlov berilib, vaziyat nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun, Kostanay viloyati Oʻzbekistondan 2 000 – 2 200 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, bugungi kunda yuqorida qayd etib oʻtilgan zararli chigirtkalar toʻdasi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli kam.
Shuningdek, Qozogʻistonning Turkiston viloyati bilan chegaradosh boʻlgan Toshkent viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash choralari olib borildi.
2023-yil mavsumida chegara hududida 15,6 ming gektar maydonda ishlov berish tadbirlari yakunlangan.