Ular “Turkiy adabiyot xazinasidan” 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlash ishlari doirasida zamonaviy qozoq sheʼriyati va nasri antologiyasi uchun materiallar toʻplash, toʻplamga asarlari kiritiluvchi yozuvchi va shoirlar roʻyxatini shakllantirish va uni Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi bilan kelishish, shuningdek, 100 jildlik asarlar majmuasiga kiritilayotgan qozoq yozuvchi va shoirlarining tarjima qilinmagan yangi asarlarini olib kelishni rejalashtirgan.

Tursunali Ahmedov va Alimurod Tojiyevni Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulugʻbek Eshdavlat qabul qildi. Qozogʻistonda chop etiluvchi adabiy nashrlar vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ayni damda bizning vakillarimiz majmua uchun materiallar toʻplash ishlarini boshlab yuborishgan.