“Qumqoʻrgʻon“ va “Zartepa“ nim tortish stansiyasi toʻliq ishga tushirildi

    Ushbu stansiyasining toʻliq ishga tushirilishi munosabati bilan uchastkadagi 100 kilometrga yaqin masofa 3-toifadan 1-toifaga oʻtkazildi.

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJning maʼlum qilishicha, yuqori kuchlanishli “Sherobod — 220 KV“ podstansiyasida temir yoʻl uchun alohida 4 ta yacheyka qurilib, 50 kilometr masofada yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻi tortildi va ishga tushirildi.

    Elektr taʼminotining 1-toifaga oʻtkazilishi natijasida isteʼmolchilar (elektrovozlar) yetarli elektr energiya bilan taʼminlandi hamda temir yoʻlda toʻxtovsiz poyezdlar harakatlanishiga erishildi. Harakat xavfsizligi yanada yaxshilanib, yuk va yoʻlovchi poyezdlari aniq jadval asosida harakatlana boshladi.