Qumqoʻrgʻonda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

    Yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur oʻquv markazlaridan yana biri Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida oʻz ish faoliyatini boshladi. Ushbu oʻquv markaz Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan oʻn birinchi oʻquv markazi hisoblanadi.

    Zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan markazda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan oʻquv kurslari tashkil etiladi. Muxtasar aytganda, oʻquv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashi hamda malakasini oshirishi uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Shu bilan birgalikda, oʻquv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.