Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi

    Ijtimoiy hayot 19 Iyun 2023 4050

    Maʼlumki, hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasining oyni kuzatish boʻyicha Ishchi guruhining ilmiy izlanishlari, tajribali astronomiya markazlari va nufuzli fatvo hayʼatlaridan olgan maʼlumotlariga koʻra, hijriy 1444-yil Zulhijja oyining yangi oy fazasi (hiloli) milodiy 2023-yil 18-iyun kuni quyosh botgandan soʻng sodir boʻlgan (tugʻilgan).

    Maʼlumki, hijriy-qamariy yil hisobi boʻyicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini taʼlimotlari va mazkur maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yil 28-iyun kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.