Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

    Mamlakatimizda 4 Iyun 2025 849

    Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6-8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika boʻylab chegirmalar joriy etilmoqda.

    Qayd etilishicha, respublika boʻylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan oʻzlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

    Shuningdek, “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish koʻzda tutilgan. Xususan, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.