Bu joriy yilning 26-avgust kuni Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami: 3672-son) da belgilandi.

Mazkur Nizom qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasportni oʻrnatish tartibini belgilaydi.

QR-kodli pasport qurilish obyekti hududiy inspeksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab, obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar amalda boʻlishi zarur.

QR-kodli pasport namlik va tashqi taʼsirlarga chidamli materialdan tayyorlangan boʻlishi, umumiy oʻlchamlari 2400x1200 mm ni tashkil etishi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda oʻrnatilishi lozim.

Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazilgach, “Shaffof qurilish” axborot tizimida obyektga oid dastlabki maʼlumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR -kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.