Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab har yili quyidagilar o‘rtasida alohida-alohida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqichda o‘tkaziladi:
- muddatli harbiy xizmatchilar;
- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
- oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari (kursantlar);
- harbiy-akademik litseylar o‘quvchilari (o‘quvchilar).
Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda o‘quvchilari orasidan:
- 1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibning har biri Oliy Bosh qo‘mondonning bosh sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;
- 2-o‘rinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 100 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;
- 3-o‘rinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 70 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati rag‘batlantirish tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.