Professor Yaʼqub Oʻmerogʻlu boshchiligida asar tarjimasi ustida ancha mehnat qilindi va 500 adadda nashrdan chiqdi.
Kitobga professor, akademik Naim Karimov va romanning tarjimoni, filologiya fanlari doktori Zamira Oʻzturk soʻzboshi yozgan.
“Qutlugʻ qon” romanining tarjima qilinish jarayonida Oybekning nevarasi va Oybek uy-muzeyining direktori Oynur Toshmuhammadova yaqindan yordam berdi, deyiladi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Telegram kanalida.