Kecha, 3-noyabr kuni soat 18:40 larda Chirchiq shahar FV boʻlimiga bu haqdagi tashvishli xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari uning salomatligini koʻzdan kechirgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.