Mehmon Oʻzbekistonda mehnat bozorini huquqiy va tashkiliy jihatlarini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, global pandemiya sharoitida aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan mamlakatimiz rahbariyatining qarorlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya tizimini shakllantirishning oʻziga xosligi haqida fikr almashildi.
Oʻz navbatida, Quvayt davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Xaled Al-Djiran bu boradagi Oʻzbekiston tajribasini yuqori baholab, mehnat resurslari sohasidagi oʻzaro foydali hamkorlik uchun keng istiqbollar mavjud ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarini Quvayt davlatida talab etiladigan ixtisosliklar boʻyicha ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kelgusidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkam huquqiy poydevor asosida rivojlantirish zarurligi xususida soʻz yuritildi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.