Quyi Chirchiqda tikuvchilikni oʻrgatish uchun ajratilgan 282,4 mln soʻm talon-toroj qilingani aniqlandi

    Jamiyat rahbari va Quyi Chirchiq tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul shaxslari soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan.

    Tumanda fuqarolarni maxsus kursda oʻqitish uchun ajratilgan mablagʻni oʻzlashtirgan jamiyat rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Qayd etilishicha, tumandagi 81 nafar fuqaroni tikuvchilik faoliyati boʻyicha maxsus kursda oʻqitish uchun xususiy firmaga 282,4 mln soʻm ajratiladi. Biroq bu pullar xotin-qizlarning hunar oʻrganishi uchun yoʻnaltirilmaydi. Jamiyat rahbari va Quyi Chirchiq tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul shaxslari soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 1- va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari oʻtkazilayotgani maʼlum qilingan.