баннер
21 Apr 2025
12:20

    Quyosh panellari oʻrnatganlarga 12 mlrd soʻmdan ziyod subsidiya berildi — Soliq qoʻmitasi

    2024-yilda 10 826 nafar oʻzbekistonli davlat elektr tarmoqlariga oʻtkazgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd 182 mln soʻm (12 mln 182 ming 90 kVt-soat uchun) byudjetdan subsidiya olgan.

    Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga toʻgʻri kelmoqda:

    • Xorazm viloyati - 2,8 mlrd soʻm;
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 1,9 mlrd soʻm;
    • Toshkent shahri - 1,4 mlrd soʻm.

    Subsidiya “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” boʻlimidagi “Kartaga pul oʻtkazish” oynasi orqali bank kartasiga oʻtkazib olish mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech