Quyosh chaqnashini SDO koinot kemasi qayd etdi.

Quyoshdagi chaqnash tufayli energiya oqimi sayyoramizga 10 daqiqada yetib keldi.

Quyoshdan kelgan kuchli radiatsiya Yer atmosferasiga tushdi, uning yuqori qatlamini ionlashtirdi va bu Shimoliy Amerikaning gʻarbiy qismida, shuningdek, Tinch okeanining baʼzi qismlarida qisqa toʻlqinli radioaloqalarning uzilishiga olib keldi.

NASA olimlarining soʻzlariga koʻra, uzilish yarim soat davom etgan va bu ana shunday hodisalar boʻyicha rekordlardan biridir, deb xabar beradi focus.ua.