Bu borada avvalo, turli sohalarda samarali faoliyat ko'rsatib kelayotgan yuqori malakali, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko'nikmalariga ega tashabbuskor kadrlar;
▪️mehnat faoliyati natijalariga ko'ra, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari;
▪️tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yoshlar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari;
▪️Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo'yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi g'oliblari;
“El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiantlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Milliy kadrlar zaxirasiga munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida ularning bilimi, psixologik holati va rahbarlik ko'nikmasi baholab boriladi. Nomzodning salohiyatini baholash — test sinovlari, “360 daraja” o'rganish va assessment usullarini o'z ichiga oladi.
Ma'lumot uchun, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi akademiyasi va yurtimizning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda zaxiraga olingan kadrlar uchun muntazam ravishda vebinarlar, amaliy mashg'ulot va seminar-treninglar hamda hududlardagi rahbarlarga biriktirgan holda dublyorlik asosida stajirovkalarni tashkil etib kelmoqda, deb yozyapti agentlik matbuot xizmati.