Oʻzbekistonliklar Ramazon hayitida ketma-ket 3 kun dam oladi

    5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.

    Bu boʻyicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga koʻra,

    5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

    • 22-aprelm —shanba;
    • 23-aprelm — yakshanba;
    • 24-aprelm — dushanba (koʻchirilgan dam olish).

    Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.

    Agar 22-aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Oʻzbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprelm — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.