Unga koʻra, Madridning “Real” jamoasi sardori Serxio Ramos XXI asrning eng sermahsul himoyachisi deb topilgan. Ispaniyalik 34 yoshli futbolchi oʻzi toʻp surgan klublar va milliy jamoa safida 126ta golga mualliflik qilgan. 

Bu bahsda ikkinchi oʻrinda Markus Tulio Tanaka joy olgan. 2019-yilda faoliyatiga yakun yasagan yaponiyalik himoyachi faoliyati davomida raqiblar darvozasiga 104ta gol urgan.

Reytingda kuchli beshlikdan jazoirlik Abdurahmon Xachud (88ta gol), kostarikalik Keylor Soto (86ta gol) va estoniyalik Markus Yurgenson (85ta gol) oʻrin olgan.